Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oddiy plastik taroq
Taroq — soch va soqolni tarash uchun foydalaniladigan vosita. U odatda, hayvon tishlari, suyaklar, yogʻoch, temir va plastik materiallardan yasaladi. Bu asbobdan odatda soch turmaklovchilar va sartaroshlar koʻproq foydalanishadi.
Taroq uzoq tarixga ega boʻlib, eng qadimgi taroqlar 5000 yil oldingi Eron hududlariga tegishli[1]. Orkney va Somersetdagi arxeologik qazishmalardan Temir davriga oid kit suyagidan yasalgan taroqlar topilgan[2].