Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islomiy taqvim — milodiy 638-yili xalifa Umar (milodiy 592—644 yillar), roziyallohu anhu,
tomonidan joriy qilingan. Ushbu taqvim qamariy boʻlib, oy
harakatiga asoslangan edi. Umar, roziyallohu anhu, ushbu taqvimni oʻz
davrida amalda boʻlgan turli taqvimlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan
ziddiyatlarni bartaraf etish uchun joriy qilgan.
Umar, bir necha sahobalar bilan maslahatlashib,
yil boshi sifatida hijrat yilini tanlashga qaror qilishgan.
Taqvimning boshlanish nuqtasi sifatida Hijrat qilingan yilning 1
Muharram kuni tanlangan. Hijriy sana, odatda Gʻarb adabiyotida A. H.
deb qisqartirib yoziladi(Bu lotincha „Anno Hegirae“ soʻzining
qisqartmasidir. Birinchi Hijriy sananing birinchi Muharram kuni
(Muharram 1, 1 A. H.) Grigorian taqvimida 622-yil 16-iyulga
toʻgʻri keladi).
Paygʻambar Muhammadning, Makkadan Madinaga
hijratlari esa Grigorian taqvimining 622-yil sentabr oyiga
toʻgʻri keladi.
Islomiy taqvim (Hijriy taqvim) 12 oydan iborat:
- Muharram — محرّم
- Safar — صفر
- Rabiulavval — ربيع الأوّل
- Rabiussoni — ربيع الثاني yoki rabiuloxir ربيع الآخر
- Jumodilavval — جمادى الأوّل
- Jumodissoni — جمادى الثاني yoki jumodiloxir جمادى الآخر
- Rajab — رجب
- Shaʼbon — شعبان
- Ramazon — رمضان
- Shavvol — شوّال
- Zulqaʼda — ذو القعدة
- Zulhijja — ذو الحجّة
- 1 Muharram — yil boshi;
- 27 Rajab — Isro va Meroj hodisasi;
- 1 Ramazon — tutilishi farz boʻlgan roʻzaning birinchi kuni;
- 17 Ramazon — Qur’onning nozil boʻlishi boshlagan kun;
- Ramazonning oxirgi 10 kechasi — Laylat ul-qadr kutiladigan
kechalar;
- 1 Shavvol — Iyd al-Fitr, Ramazon Hayiti;
- 8-10 Zul-hijja — Haj kunlari;
- 10 Zul-hijja — Iyd al-Adha, Qurbon Hayiti.
|
---|
Taqvim
turi | |
---|
Boshqa turdagi taqvimlar | |
---|
|