Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kasur — Pokistonning sharqiy qismidagi shahar, Panjob viloyatida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 241,6 ming kishi (1998). Jun savdosining yirik markazi. Koʻn-teri, toʻqimachilik, yogʻ-moy sanoati korxonalari bor. Q.x. mahsulotlari (paxta, don) qayta ishlanadi.[1]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil