Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yegor Vladimirovich Krimets 1992-yili 27-yanvarda[1] Toshkent shahrida tugʻilgan. Termizning Surxon klubi aʼzosi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Egor Krimets professional futboldagi ilk faoliyatini 2011-yili Paxtakor klubida boshlagan. U Paxtakor safida 2 mavsum oʻynadi 39 ta uchrashuvda maydonga tusdi raqiblar darvozasini 4-marta ishgʻol qildi[2].
2013-yilning boshida u Paxtakordan Xitoyning Beijing Guoan FC futbol klubiga ijaraga berildi. Pekin klubida bir mavsum oʻynab 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va yana Paxtakor safiga qaytdi[3].
2014-yilning boshidan u Paxtakor tarkibida oʻynay boshladi[4]. 2014-yili Paxtakor oʻzining 10-chempionligini qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda Egor Krimets 24 ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilib raqiblar darvozasiga 5 ta gol kiritgan. 2016-yil 8-yanvar „Paxtakor“ klubi yana bir bir Krimetsni Xitoyning Beijing Guoan FC jamoasiga ijaraga bergan[5][6]. Ikki mavsumdan soʻng Xitoy jamoasi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng „Paxtakor“ klubi tarkibiga qaytgan[7]. Keyinchalik Paxtakor jamoasi toʻrt mavsum davomida oʻynab uch bor Oʻzbekiston Superligasi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum ancha ogʻir kelgan va jaroxatga olim mavsum katta qismini oʻtkazib yubordi[8]. Mavsum yakunida „Paxtakor“ klubini tark etib 2022-yilgi mavsumni „Navbahor“ klubida boshlagan[9]. 2022-yil 18-mayda jaroxatlar qaytalanishi va sogʻligʻidagi muammolar sababli „Navbahor“ jamoasi bilan shartnomani bekor qilindi va jamoani tark etdi[10]. Maʼlum vaqt futboldan yiroq boʻlgan Krimets 2023-yil 24-dekabrda „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi[11].
Egor Krimets Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar futbol terma jamoasi safida ham toʻp surgan. Egor 2014-yilning 12-yanvarida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida Ummonda boʻlib oʻtgan AFC U-22 Osiyo chempionati 2014 musobaqasining guruh bosqichi ilk uchrashuvida maydonga tushgan va oʻsha oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushib 1ta golga mulliflik qilgan edi. Shuningdek, 2014-yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Osiyo oʻyinlari musobaqasidan oʻrin olgan futbol bellashuvida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 4 ta oʻyinda maydonga tushib, Afgʻoniston termasiga qarshi boʻlgan oʻyinda gol muallifi boʻlgan edi.
Egor Krimets ilk bora milliy terma jamoa tarkibiga 2012-yili noyabr oyida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichida Eron bilan boʻlgan uchrashuvga chaqirtirilgan, ammo maydonga tushmagan. Keyinchalik u terma jamoa safidagi ilk debyut oʻyinini 2013-yili 6-sentyabrda Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida qatnashdi, ammo musobaqa davomida faqat zaxirada qoldi.
Uylangan, rafiqasi Kristine Krimets, qizining ismi Mikaela.
Oʻzbekiston Superligasi: 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021
Oʻzbekiston Superligasi vitse-chempioni: 2010
Oʻzbekiston Superligasi bronza medali sohibi: 2011
Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: 2011, 2019, 2020
Xitoy chempionati bronza medali sohibi: 2013[12]