Apennin yarim oroli — Jan. Yevropadagi yarim orol. Maydoni 149 ming km², eni 130 — 300 km, uz. 1100 km. Apennin yarim orolio.ning janubida Kalabriya va Salenti-na, sharqida Gargano yarim orol bor. Apennin yarim orolio. Yev-ropaga Apennin togʻlari va Lombardiya pasttekisligi orqali tutashgan. Sitsi-liya o.dan tor Messina boʻgozi bilan aj-ralgan Apennin yarim orolio. ni gʻarbda Tirren, sharqda Adriatika, janubida Ioniya dengizlari oʻrab turadi. Sharqiy sohillari shimolida botqoq va lagunalar kup, janubiy ba-land hamda togʻli, gʻarbiy sohillari esa oʻydim-chuqur, tik va koʻp joylarda jarlikdan iborat. Apennin yarim orolio.ni boshdan-oyoq Apennin togʻlari egallagan. Tirren den-gizi sohili yaqinida vulkan (Vezuviy, Flegrey va boshqalar) koʻp. Sohil kambar pastte-kisliklardan iborat. Apennin yarim orolio. Yevropaning subtropik mintaqasiga kiradi. Iqlimi iliq, yozi uzoq, issiq va quruq; Oʻrta den-giz buyiga xos doim yashil oʻsimliklar oʻsadi. Tekislik va togʻ oldi qismlarini madaniy landshaft tashkil etadi. Apennin yarim orolio.da Italiya (hududini 73 qismi), Vatikan, San-Marino davlatlari joy-lashgan.
Apenin o’lkasi O’rta dengiz Yevropasining
markaziy qismida joylashgan bo’lib, dengiz ichki qismiga ancha kirib
borgan. Uning hududi Apenin yarim oroli, Sisiliya, Sardiniya va Korsika
orollari hamda Tirren dengizidagi mayda orollardan tashkil topgan.
Apenin yarim oroli shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon 1100 km
masofaga cho’zilgan. Kengligi 300 km dan janubda 130 km gacha
qisqaradi, maydoni 149000 km2
. Uning janubida Klabriya va Salentina,
sharqida Gargano yarim orollari bor. Yevropaning asosiy qismi bilan Alp
tog’lari va Padana pastekisligi orqali tutashgan. Yarim orolni g’arbda
Tirren, sharqda Adriatika, janubda Ioniya dengizlari o’rab turadi. Yarim
orolning qirg’oqlari kam parchalangan. Sharqiy qirg’oqlarining shimoliy
qismida lagunalar va botqoqliklar ko’p, janubiy qismi baland va tog’li.
G’arbiy qirg’oqlari nisbatan kuchliroq parchalangan, tik, ko’p joylarda
jarliklardan iborat bo’lib tekis qirg’oqlar bilan almashinib turadi.
Apenin yarim orolining deyarli hamma qismini kuchli parchalangan
o’rtacha balandlikdagi Apenin tog’lari egallagan va shimolda Genuya
qo’ltig’i sohillari va Padana pastekisligidan boshlanib, janubda Messina
bo’g’izigacha davom etadi. Faqat sohil bo’ylab kambar pastekisliklar
joylashgan. Apenin tog’larining orografik tuzilishi va relef shakllari xilma-xil. Uning asosiy qismi alp burmalanishi natijasida vujudga kelgan.
Kaledon va gertsin burmalanishlari Kolabriya Apeninida, Korsika,
Sardiniya va Sisiliyaning shimolida yuz bergan. Shuning uchun paleozoy
va alp strukturalarining litologik tarkibi bir-biridan farq qiladi. Paleozoy
strukturalari asosan kristall va metamorfik jinslardan, alp strukturalari
mezozoy va kaynozoyning ohaktoshlari, mergellari, qumtoshlari, gilli
slaneslari va flishlardan tuzilgan. Binobarin, Apenin tog’lari relef
shakllariga, tektonikasiga va litologik tarkibiga ko’ra uch qismga -
Shimoliy, Markaziy va Janubiy Apeninlarga bo’linadi.
Shimoliy Apenin Liguriya, Toskaniya va Apuan Apeninlarini o’z
ichiga olib, janubda Arno daryosining yuqori oqimigacha davom etadi. Bu
tog’lar asosan paleogenning gil yotqiziqlaridan va qisman qumtosh hamda
konglomeratlardan tuzilgan. Tog’lar bo’ylama va ko’ndalang daryo
vodiylari bilan kuchli kesilgan, tik yonbag’irli ko’pchilik cho’qqilari 1500-
2000 m dan oshmaydi. Eng baland nuqtasi Chimona tog’ida 2163 m ga
teng. Tog’ yonbag’irlarida jarlar, surilmalar keng tarqalgan. Apuan tog’lari
yirik oq marmar konlari bilan mashhur. Tog’lar orasida tektonik harakatlar
natijasida chuqur botiqlar hosil bo’lgan. Shimoliy Italiyaning ko’plab aholi
punktlari ana shu botiqlarda joylashgan.
Markaziy Apenin Arno va Kalore daryolari oralig’ida joylashgan
Umbriya-Marke Apenini, Abrutstso Apenini va Sobin Apeninidan tashkil
topgan va ular Apenin tog’larining eng baland va kengaygan qismi
hisoblanadi. Bu tizmalar asosan mezozoyning ohaktoshlaridan tuzilgan
bo’lib, ular qat-qat burmalangan, tektonika ta’sirida kuchli parchalanib bir
necha massivlarga bo’linib ketgan. Massivlar bir-biridan tektonik botiqlar
va tektonik vodiylar bilan ajralgan. Ularning yonbag’irlari ko’pchilik
joylarda jarliklar hosil qilgan, tik va yalong’och. Baland cho’qqilarda
muzlik relef shakllari ham uchraydi. Markaziy Apeninning eng baland
nuqtasi Gran-Sasso-d Italiya massividagi Korno tog’i dengiz sathidan 2914
m ko’tarilgan. O’rmonlarniig ko’plab kesilib ketishi karst jarayonini
faollashtirgan, shuning uchun karst relef shakllari va karst tipidagi ko’llar
yaxshi rivojlangan.
Janubiy Apenin Neapol yaqinidagi Kalore vodiysidan boshlanib
Kalabriya Apeninigacha davom etadi. Bu tog’lar bo’ylama cho’zilgan
ikkita polosadan-g’arbi Neapol Apenindan va sharqi Lukan Apeninidan
iborat. Neapol Apenini Markaziy Apeninga o’xshash mezozoy
ohaktoshlaridan tarkib topgan, maksimal balandligi 2000 m dan oshadi.
Lukan tog’larining tuzilishida paleogenning slaneslari, gillari va
qumtoshlari ishtirok etadi. Uning eng baland nuqtasi Serra-Dolchedorme
(2271m) cho’qqisidir. Janubiy Apeninning shimoli-g’arbiy qismida
Neapol vulkanik hududi vujudga kelgan. Unda maksimal balandlik 1281 m
bo’lgan harakatdagi Vezuviy vulkani joylashgan. Vezuviyning miloddan
oldingi dahshatli otilishlari natijasida uning etaklarida bunyod etilgan
Pompeya, Gerko’lanim va Stabiya shaharlari butunlay vayron bo’lib,
lavalar tagida qolib ketgan. Janubiy Apeninning sharqiy qismida Gargano yarim orolidan Salentina yarim orolitacha cho’zilib yotgan va
ohaktoshlardan tuzilgan Gargano (1056 m), Le-Murdje (686 m) va
Apuliya platolari joylashgan.
Apenin tog’ tizmalari, jumladan Janubiy Apenin burmali tog’lari Krati
daryo vodiysigacha cho’zilgan. Undan janubda Apenin tog’larining
orografik jihatdan janubiy davomi bo’lgan qadimiy granit, gneys va
kristall slaneslardan tarkib topgan Kalabriya Apenini joylashgan.
Kalabriya tipik burmali-palaxsali tog’lardan iborat bo’lib, o’rtacha
balandlikdagi yassi tog’liklar va tog’oralig’i botiqlari ham uchraydi. Uning
balandligi 2000 m ga yetmaydi. Sisiliya orolidagi Nebrodi va Le-Madonne
tog’lari Apeninning janubiy tektonik davomi hisoblanadi. Orolning sharqiy
qismida harakatchan Etna vulkani dengiz sathidan 3340 m baland. Bu
butun Apenin landshaft o’lkasining ham eng baland nuqtasidir. Sisiliyadan
shimol tomonda vulkanik Lipar orollar guruhi joylashgan. Tirren
sohilidagi rudali tog’lardan temir rudasi qazib olinadi. Korraradan qazib
olinadigan oq marmar dunyoga mashhur. Kalabriyaning kristall jinslari
qurilish va pardozlash materiallari sifatida ishlatiladi. Markaziy Apenindan
qo’ng’ir ko’mir va lignit, Abrutstso tog’laridan boksit va bitumli slanes
qazib olinadi. Sitsiliyada neft va oltingugurt konlari bor.
Apenin yarim oroli uchun subtropik mintaqaning o’rta dengiz iqlim
tipi xarakterli. Bu tipdagi iqlim ayniqsa dengiz sohillarida hukmronlik
qiladi. Tog’ tizmalarida balandlik iqlim mintaqalari shakllangan. Iqlim
sharoiti ikki yo’nalishda shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon
muayyan ravishda o’zgarib boradi. G’arbda iqlim sharqqa nisbatan iliqroq
va namroq. Iqlimning o’zgarishida, ayniqsa atmosfera yog’inlarining
taqsimlanishida orografik tuzilish katta rol o’ynaydi.
Apeninning Liguriya sohillarida qish iliq va yoz issiq, yanvarning
o’rtacha harorati +8°S, iyulniki +24°S ga teng. Yillik yog’in miqdori
3000-3400 mm gacha boradi, sovuq va qorli kunlar deyarli bulmaydi. Bu
tor polosa Italiya Riverasi deb yuritiladi. Undan janubda Florentsiya va
Rim kengliklari oralig’ida joylashgan hududda iqlim Riveraga qaraganda
unchalik yumshoq emas. Yanvarning o’rtacha harorati +5°,+6°S, iyulniki
+24°,+25°S. Yillik yog’in miqdori g’arbda 1000 mm dan oshsa, sharqda
500 mm ga ham yetmaydi. Eng issiq joy yarim orolning janubiy qismi va
Sisiliya orolidir. Iyulning o’rtacha harorati +28°S, yanvarniki +10°,+12°S
ni va yillik yog’in miqdori 600 mm ni tashkil etadi. Eng kam yog’in Adriatika dengizi sohillarida, ayniqsa Salentina yarim orolida kuzatiladi.
Yog’in miqdori 400-500 mm dan oshmaydi. Tog’larda 700-800 m
balandlikda eng issiq oyning o’rtacha harorati +20°S atrofida. Yanvarning
0°S li izotermasi shimolda 500 m va janubda 1000 m balandlikdan o’tadi.
Etna cho’qqisida qor 8-9 oygacha saqlanadi.
Apenin yarim oroli daryolari qisqa, kam suvli, aksariyatining suvi yoz
oylarida juda kamayib qoladi. Ularning suv rejimi bir xil emas. Shimoldagi
daryolar bahor va kuzda, janubdagi daryolar qishda yomg’ir suvlaridan
to’yinib to’lib oqadi. Daryolari O’rta dengiz havzasidagi Liguriya, Tirren,
Ioniya va Adriatika dengizlariga quyiladi. Eng katta daryosi Tibr Markaziy
Apenin tog’laridan boshlanib, Tirren dengiziga quyiladi. Uzunligi 405 km,
havzasining maydoni 17170 km2
. Kemalar daryolarning quyilish joyidan
Rimgacha qatnaydi. Qolgan daryolari - Arno, Ombrane, Gorilyano,
Kalore, Ofanta, Krata va boshqalar Tibrga nisbatan ancha kichik.
Apeninda uncha katta bo’lmagan ko’llar ham bor. Bular Trazimen,
Bolsena, Brachchano, Lezima va Varano kabi karst ko’llaridir.
Apenin yarim orolining nam iqlimli shimoliy hududlari uchun o’rmon
qo’ng’ir tuproqlari xarakterli. Kserofit o’rmonlarda va butazorlarda jigar
rang tuproqlar keng tarqalgan. Ayniqsa qo’ng’ir va jigar rang
tuproqlarning karbonatli turlari katta maydonni egallagan. Neapol vulkanik
hududidagi vulkanik jinslarda serhosil tuproqlar shakllangan. Terassalarda
qizil tuproqlar hosil bo’lgan. Apenin landshaft o’lkasining florasi O’rta
dengiz Yevropasining boshqa o’lkalari florasidan shu bilan farq qiladiki,
uning tarkibida Markaziy Yevropa, Osiyo va Afrikaga xos o’simlik turlari
kam uchraydi. Apenin o’rmonlari uzoq o’tmishdan boshlab kishilar
tomonidan ayovsiz kesish jarayonini boshdan kechirib kelgan. Ayniqsa
dengiz sohillaridagi va Markaziy Apenindagi o’rmonlar butunlay yo’q
qilib yuborilgan, hozirgi paytda yarim orolning o’rmonlar bilan band
bo’lgan maydoni atigi 20% ni tashkil etadi. O’rmon massivlari Apeninning
shimoliy qismida va janubda Kalabriya yarim orolida yaxshi saqlangan.
Shimolning flora tarkibida bargini to’kadigan daraxtlar va butalar yetakchi
rol o’ynaydi. Doimiy yashil o’rmonlar va makvislar g’arbda Livorno
hududidan boshlab, sharqda Ankonadan janubda paydo bo’la boshlaydi.
Butazorlar ikkilamchi o’simliklar bo’lib, ular kesib yuborilgan o’rmonlar
o’rnida vujudga kelgan. Daryo vodiylari bo’ylab sambitgullar (tolgullar)
keng tarqalgan. Kuchli botqoqlangan qumoq qirg’oqlarda, Toskaniya va
Rim Maremmasida Italiya qarag’ayi ekilgan. Madaniy o’simliklar ichida
zaytun daraxtlari, don ekinlari, tokzorlar ko’pchilikni tashkil etadi. Rimdan
janubda sitrus o’simliklari - apelsin, mandarin va limon plantasiyalari
boshlanadi. Ayniqsa, Kalabriya yarim oroli va Sitsiliya o’zining apelsin va
mahalliy limon plantasiyalari bilan mashhur. Italiya Riverasi manzarali
o’simliklarga boy. Sohil bo’ylab palmalar hiyoboni cho’zilgan. Katta
maydonlarda apelsinzorlar, zaytunzorlar, anjirzorlar, tokzorlar barpo
etilgan.
Apenin meredian bo’ylab uzoq masofaga cho’zilganligi munosabati
bilan tog’lardagi mintaqalarning balandlik chegaralari shimol va janubda
har-xil. Doimiy yashil o’rmonli va butazorli quyi mintaqaning yuqori
chegarasi shimolda 300-500 m va janubda 700-800 m dan o’tadi. Bu
mintaqadan yuqorida shimolda 800-1000 m va janubda 1000-1500 m
balandlikkacha kashtan, eman, grab, jo’ka, buklardan tashkil topgan keng
bargli o’rmonlar mintaqasi joylashgan. O’rmonlarning quyi yarusida
doimiy yashil flora vakillari uchraydi. Undan yuqorida shimolda 1300-
1400 m gacha va janubda 1800-2000 m gacha bo’lgan balandliklarda igna
bargli, buk va eman aralash o’rmonlar mintaqasi joylashgan. Apenin
tog’lari uncha baland bo’lmaganligi sababli subalp va alp o’tloqzorlari
juda kam uchraydi. Ular faqat eng baland cho’qqilardagina bor. Etna
vulkani yonbag’irlari uchun relikt o’simliklar xarakterli. Bu yerda muzlik
davridan saqlanib qolgan relikt qarag’ay o’sadi.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- T. V. Vlasova. Materiklar tabiiy geografiyasi (okeanlar tutash qismlari bilan birga)- Oʻqituvchi. T., 1981[1]
- X.Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI -Toshkent ,2021[2]