www.fgks.org   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Andoza:Yaxshi maqola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Afgʻoniston 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida — Afgʻoniston islom respublikasi 2004-yilning 13–29-avgust kunlari Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu Olimpiada Afgʻonistonning umumiy hisobda Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi oʻn birinchi va 2003-yili Afgʻoniston Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tarkibida qayta tiklanganidan keyingi ilk ishtiroki boʻlgan. 1996—2001-yillarda Afgʻonistonni boshqargan „Tolibon“ harakati mamlakatda ayollar huquqlari borasida bir qancha cheklovlar eʼlon qilgan edi. 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga Afgʻoniston delegatsiyasi besh nafar sportchidan iborat jamoa, jumladan, sprinterlar Mas’ud Aziziy va Robina Muqimyar, bokschi Basharmal Sultoniy, dzyudochi Friba Rizoiy hamda kurashchi Bashir Ahmad Rahmatiylar bilan tashrif buyurgan. Muqimyar va Rizoiy Afgʻoniston delegatsiyasi tarkibida Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan ilk ayol sportchilar boʻlgan. Delegatsiya tarkibidagi hech bir sportchi oʻz yoʻnalishi boʻyicha birinchi turdan keyingi bosqichga oʻta olmagan. Biroq ular orasida eng yaxshi koʻrsatkichni yengil atletikachi Muqimyar qayd etgan boʻlib, u oʻz yoʻnalishida yaʼni ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahslarida mamlakat milliy rekordini oʻrnatgan. (Davomi...)