www.fgks.org   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Aerofotorazvedka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerofotorazvedka – samolyot yoki boshqa uchish apparatlariga oʻrnatilgan aerofotoapparatlar yordamida erdagi ob`ektlarni suratga olish. Aerofotorazvedkani uchuvchisiz yoki maxsus razvedkachi samolyotlar bajaradi. Razvedkachi samolyotda bir necha fotoapparat boʻlib, ular erdan berilgan dastur-topshiriqqa binoan avtomatik ravishda suratga oladi yoki uchuvchi tegishli ob`ektlarni tanlab suratga oladi. Harbiy ishda dushman qarorgoxlari va ob`ektlarini, strategik inshootlarini suratga olishda Aerofotorazvedkadan foydalaniladi.[1]

Manbalar

  1. "Aerofotorazvedka" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil